Sensatsiya! Kann kinofestivalida Gran-pri bizniki!

02:20 27 May 2019 Madaniyat
1201 0

Sensatsiya! Hozirgina olingan maʼlumotlarga koʻra, Fransiyaning Kann shahrida 14-25-may kunlari boʻlib oʻtgan xalqaro kinofestival doirasida boʻlib oʻtgan “International Festival Entrʼ2 marches” qisqa metrajli filmlar festivalida hamyurtimiz, yosh, umidli kinorejissyor Shokir Holiqovning “Choy”deb nomlangan filmi Gran priga sazovor boʻldi! Bu oʻzbek kinosi uchun tarixiy voqea!

Bu festival, Kanning asosiy festivaliga solishtirib, oddiy til bilan tushintiradigan boʻlsak, sportchilarning Olimpiada hamda Paraolimpiadasiga qiyoslash mumkin. Lekin u qanday nomlanmasin, baribir Kann kinofestivali sanaladi va bu oʻzbek kino sanʼatida sodir boʻlgan katta hodisa! Oʻtgan yili Kann safari chogʻida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Shodiyeva aynan shu yoʻnalishda oʻzi boshqarayotgan markaz nomidan film qilish niyatini bildirgan edi. Shokir esa ana shu niyatni amalga oshirdi. Kino dunyosidagi eng nufuzli kinofestivalning nufuzli sovrini bilan Shokir Xoliqov hamda uning ijodiy guruhini, barcha oʻzbek kinosi muxlislarini tabriklayman!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?