Senegalda 100dan ortiq odam nomaʼlum xastalikka chalindi – OAV

10:15 21 Noyabr 2020 Dunyo
127 0

Senegalning gʻarbiy qismida nomaʼlum kasallik aniqlandi. 100 dan ortiq baliqchilar uni yuqtirib olishdi.

Bu haqda mahalliy “Dacar Actu” gazetasi maʼlum qildi.

Xabarlarga koʻra, epidemiya oʻchogʻi Dakar yaqinida joylashgan Ryufisk va Mbour port shaharlari orasida joylashgan. Bemorlar terisida esa qoʻtir shaklida toshmalar paydo boʻlgan.

Mutaxassislarning fikricha, nomaʼlum kasallikning manbai ochiq dengizda boʻlishi mumkin, zero, ushbu xastalikni faqat baliqchilargina yuqtirishgan.

Taʼkidlanishicha, xastalik simptomlari qayd etilgan barcha bemorlar Ryufiskdagi stadion hududiga joylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?