Senatorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunni ham maʼqullashdi

16:26 30 Noyabr 2019 Siyosat
159 0

Senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ham muhokama qilishdi.

Qayd etilganidek, hozirgi vaqtda Vazirlar Mahkamasi faoliyati 1993-yil 6-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Biroq bu Qonun Vazirlar Mahkamasiga taalluqli vakolatlar va masalalarni, Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tayinlash tartibini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida hisobdorligini toʻliq aks ettirmaydi. Shu munosabat bilan bu Qonunni yangi tahrirda qabul qilish zarurati yuzaga keldi. Qonunda Vazirlar Mahkamasi maqomini, Vazirlar Mahkamasiga taallukqli masalalar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining turli sohalardagi asosiy vakolatlari nazarda tutilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini rejalashtirish va baholash, Vazirlar Mahkamasiga masalalar kiritish va koʻrib chiqish tartibi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan umumiy masalalar, bu masalalarda qarorlar qabul qilish, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari turlari mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining Prezident va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, sud hokimiyati organlari bilan oʻzaro munosabatlariga aniqlik kiritilmoqda.

Soʻzga chiqqanlar ushbu Qonun Vazirlar Mahkamasi faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek oʻz vakolatlarini amalga oshirish jarayonida javobarlikni oshirishga koʻmaklashadi.

Senat aʼzolari mazkur Qonunni ham maʼqullashdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?