Senatorlar mamlakatning eng olis garnizonida saylov boʻyicha uchrashuv oʻtkazishdi

16:39 04 Noyabr 2019 Jamiyat
125 0

Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondonligi, Nukus harbiy prokuraturasi xodimlari va Oliy Majlis senatorlari ishtirokida saylovoldi targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari qatnashgan tadbir davomida harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Dilshod Choriyev, Nukus harbiy prokurori adliya polkovnigi Baxodir Xudoyberdiyev, senatorlar Oʻzbekiston Qahramoni, arxeolog Gayratdin Xojaniyazov, Toshkent pediatriya instituti Nukus filiali rektori, professor Oʻral Ataniyazova va Guliston Annaqilicheva hamda Qoraqalpoq davlat universiteti milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari, huquq taʼlimi kafedrasi mudiri Olmagul Bayrыyeva tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlariga tayyorgarlik jarayoni, bu yilgi saylovlarning mazmun-mohiyati xususida batafsil maʼlumotlar yetkazildi.

“Bugungi kunda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining eng muhim belgilaridan biri bu – erkin, ochiq saylov tizimining mavjudligidir”, – deydi Nukus harbiy prokurori. – “Saylovlar orqali fuqarolar bevosita davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etadi. Saylash va saylanish huquqi fuqaroning eng muhim siyosiy huquqlari sirasiga kiradi. Shu sababdan saylov bilan bogʻliq meʼyoriy huquqlarni qamrab olgan qonun – Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilindi. Mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti uchun saylov oʻtkazishning ahamiyati oʻta muhim sanalib, yurtimizning har bir fuqarosi saylovlarda faol ishtirok etishi lozim”.

Uchrashuv davomida senatorlar tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?