Senatning o’n to’rtinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullangan uchta qonunga Prezident imzo chekdi

15:14 03 Aprel 2018 Hujjatlar
1011 0

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n to’rtinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullangan uchta qonunga Prezident imzo chekdi.

O’zbekiston Respublikasining Qonuni
O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to’g’risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma’qullangan

1-modda. 18 aprel O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilansin.

2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti                 Sh. Mirziyoev

Toshkent shahri, 2018 yil 2 aprel
№ O’RQ—464

O’zbekiston Respublikasining Qonuni

O’zbekiston Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi va Turkmaniston o’rtasida uch davlatning Davlat chegaralari tutashgan nuqtasi hududi to’g’risidagi Shartnomani (Samarqand, 2017 yil 10 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 5 yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma’qullangan

O’zbekiston Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi va Turkmaniston o’rtasida uch davlatning Davlat chegaralari tutashgan nuqtasi hududi to’g’risidagi Shartnoma (Samarqand, 2017 yil 10 noyabr) ratifikatsiya qilinsin.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti                 Sh. Mirziyoev

Toshkent shahri, 2018 yil 2 aprel
№ O’RQ—465

O’zbekiston Respublikasining Qonuni

O’zbekiston Respublikasi bilan Afg’oniston Islom Respublikasi o’rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo’yicha o’zaro huquqiy yordam to’g’risidagi Shartnomani (Toshkent, 2017 yil 5 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida 

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma’qullangan

O’zbekiston Respublikasi bilan Afg’oniston Islom Respublikasi o’rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo’yicha o’zaro huquqiy yordam to’g’risidagi Shartnoma (Toshkent, 2017 yil 5 dekabr) ratifikatsiya qilinsin.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti                 Sh. Mirziyoev

Toshkent shahri, 2018 yil 2 aprel
№ O’RQ—466

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?