Senatning navbatdagi yalpi majlisi ertaga videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladi

17:35 20 Oktyabr 2020 Siyosat
149 0

Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisini 2020-yil 21-oktyabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:

▪️“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi;

▪️ “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi;

▪️ “Jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir qonun hujjatlari yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;

▪️ “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi.

Shu bilan birga, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari va boshqa bir qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?