Senatning ikkinchi yalpi majlisini toʻgʻridan-toʻgʻri efirda kuzatish mumkin

20:17 27 Fevral 2020 Siyosat
200 0

2020-yil 28-fevral kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshlaydi.

Yalpi majlisda Senat aʼzolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq sohalaridagi islohotlarni izchil davom ettirishga, mahalla va oila institutini mustahkamlashga, bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari hamda muhim masalalar muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Yalpi majlis ishini Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn rejimda kuzatib borishingiz mumkin: http://www.senat.uz/uz/, www.facebook.com/senatuzb/, https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81...

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

Axborot xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?