Senatning ikkinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi

10:14 28 Fevral 2020 Siyosat
198 0

Bu haqda muxbirimiz Munisxon Karimova xabar berdi.

Uning taʼkidlashicha, kun tartibidan oʻnga yaqin qonun hujjatlari, vazirliklar axborotlari, parlament soʻrovlari natijalari oʻrin olgan. Shuningdek, Tibbiy-mehnat ekspertlari komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va nogironlikni aniqlash masalasi yuzasidan parlament soʻrovini yuborish hamda Senat vakolatlariga tegishli boshqa masalalar koʻrib chiqilishi kutilmoqda.

Yalpi majlisda hukumat aʼzolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.


Xabar berganimizdek, fuqarolarimiz mamlakatimiz hayoti uchun nihoyatda dolzarb boʻlgan ushbu tadbirni toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishlari mumkin::

http://www.senat.uz/uz/

http://www.facebook.com/senatuzb/

https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81...


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?