Senatda Rossiya delegatsiyasi qabul qilindi

17:58 20 May 2019 Jamiyat
197 0

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi oʻrinbosari Ilyas Umaxanov rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tomonlar ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi munosabatlar yangi foydaliroq darajaga koʻtarilganini taʼkidladi. Maʼlumki, 2018 yil noyabrda Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolangan, shuningdek oʻzaro Hamkorlik boʻyicha komissiyasi majlisi oʻtkazilgan. Hozirgi vaqtda Senat va Federatsiya Kengashining ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Rossiya parlamenti aʼzolari xalqaro siyosiy maydonda Oʻzbekistonning faolligini alohida qayd etdi, davlatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga Oʻzbekiston Prezidentining qoʻshayotgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, buni yuksak baholadi.

Munisxon KARIMOVA.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?