Senat tarixida ilk marta Oʻzbekistoning Yevropa mamlakatlaridagi elchilari hisobotlari eshitiladi 

14:52 12 Mart 2020 Siyosat
133 0

Bugun, 12-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtadi. Unda parlamentimiz tarixida ilk marta Yevropa mamlakatlaridagi Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlaridagi elchixonalari faoliyatiga bagʻishlangan 2018-yil 11-yanvar kuni boʻlib oʻtgan majlisdagi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 20-yanvarda oʻtkazilgan birinchi majlisidagi nutqlaridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga muvofiq oʻtkaziladi.

Majlis ishida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S.Safoyev, Senat aʼzolari, shuningdek, respublikaning aloqador vazirliklar va idoralari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etadi.

Yevropa mamlakatlaridagi Oʻzbekiston diplomatik missiyalari rahbarlari tomonidan xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ijro etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, shu jumladan, eksportni rivojlantirishga, investitsiyalarni jalb qilishga va respublika hududlariga turistlar oqimini oshirishga qaratilgan aniq loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobotlari taqdim qilinadi.

Mazkur jarayonlarni saytimiz orqali yoritib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?