Senat Raisi: “Qishloq ahlini qiynayotgan muhim muammolarni kompleks hal etishga jiddiy yondashmadik”

10:29 28 Fevral 2019 Siyosat
502 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi ONLINE”/Munisxon Karimova. Toshkentda Oliy Majlis Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisini Senat Raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev ochib berdi.

“Avvalo, shuni qayd etish joizki, muhtaram Prezidentimizning Parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasi barchamiz uchun taraqqiyotimizning hozirgi bosqichidagi yana bir yangi davrni boshlab berdi, — dedi u jumladan. — Eng muhimi, bu davr ham aniq maqsadlar va ularni roʻyobga chiqarish uchun barcha vositalar mujassam boʻlgan hayotbaxsh bosqich boʻladi.

Ayniqsa, soʻz va ish birligi davlat siyosatida asosiy mezonlardan biriga, butun jamiyatning hayot tarziga aylanib borayotgani har qanday marra va maqsadning albatta zabt etilishi garovidir.

“Obod qishloq” dasturini 2019 yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarorining oʻzi bunday qatʼiy ishonch asoslaridandir.

Eʼtibor bering: biz aholining asosiy qismi qishloq joylarda istiqomat qilishi bois, qishloq ahli toʻq va farovon yashasa, bu jihat butun mamlakat taraqqiyotining koʻzgusi boʻlishi haqida koʻp yillar gapirib keldik.

Biroq, tan olish kerak, qishloq ahlini qiynayotgan muhim muammolarni kompleks hal etishga jiddiy yondashmadik”.

Senat yalpi majlisini saytimiz orqali onlayn tarzda yoritib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?