Senat Raisi ayrim hududlardagi vakillarini tanqid qildi

11:45 03 May 2019 Siyosat
450 0

Munisxon Karimova, ”Xalq soʻzi Online”. Senat Raisi oʻz soʻzining yakunida ayrim hududlardagi vakillarining sustkashligi, masʼuliyatsizligi oqibatida mahalliy Kengashlarda, shuningdek, fuqarolar yigʻinlarida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan foydalanish holatini muhokama qilish samaradorligi pastligicha qolayotganini tanqid qildi.

Xususan, dedi u Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand hamda Navoiy viloyatlarining aksariyat fuqarolar yigʻinlarida hech bir sababsiz mavzu doirasidagi muhokamalar oʻtkazilmagan.

Aksariyat hollarda, tuman Kengashlari qarorlarida ekin maydonlaridan samarali foydalanmagan, qishloq xoʻjaligi ekinlarini toʻliq ekmagan, agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan qonuniy choralar koʻrishga oid tavsiyalar vakolatli organlarga berilmagan.

Ayrim viloyatlar Kengashlariga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Senat Kengashining qarori bilan berilgan tavsiyalar eʼtiborga olinmagan.

Xoʻsh, bu nimadan dalolat beradi ?

Mazkur holat bu yoʻnalishdagi ishlarga yuzaki qarala-yotgani, vazifalar mohiyati chuqur anglab yetilmagani va eng achinarlisi, joylardagi ayrim senatorlarning bunday holatga befarqligini koʻrsatadi.

Yigʻilishda bu boʻyicha aniq xulosalarga kelish va ishlarni yanada jonlantirish qayd etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?