Senat rad etgan qonun qayta koʻriladi

17:05 03 Avgust 2020 Siyosat
257 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni 2019-yil 24-oktyabr kuni qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga yuborilgan edi. Mazkur Qonun Senatning 2020-yil 28-fevraldagi Qarori bilan rad etilgan edi. Shundan soʻng yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida ikkala palata oʻrtasida kelishuv komissiyasi tuzildi.

Kelishuv komissiyasining har ikkala palatadan qatnashgan aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda taklif va eʼtirozlar muhokama etilib, “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi qonun komissiya tomonidan qayta tahrir qilindi.

Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 5-avgust kuni boʻlib oʻtadigan majlisida qayta muhokama etiladigan boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Qonunning maqsadi Oʻzbekistonda nizolarni muqobil hal qilish usuli hisoblanuvchi va ommaviy ahamiyatga ega boʻlgan funksiyani amalga oshiruvchi fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida arbitraj muhokamasi institutini rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish, tashqi iqtisodiy shartnomalardan kelib chiqadigan nizolarni koʻrishda muddatlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar xarajatlarini qisqartirishni taʼminlashdan iboratdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?