Tadbirkor Senat aʼzosi etib saylandi

15:12 07 Sentyabr 2018 Jamiyat
848 0
Foto: “Xalq soʻzi online”

Ahmadali Shernazarov, “Xalq soʻzi online”/Sirdaryo. Gulistonda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati, shahar va tuman Kengashlarining boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi boʻyicha qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Bek klaster” korxonasi rahbari, 4-Namuna saylov okrugidan xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Ulugʻbek Norxojayevich Sotiboldiyev 98,4 foiz ovoz bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylandi.

U. Sotiboldiyev 1976 yilda tugʻilgan. Guliston davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida iqtisodchi-menejer ixtisosligi boʻyicha taʼlim olgan. Faoliyatini oddiy xodimlikdan boshlab keyinchalik tadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan. Hozirgi kunda u bir necha tadbirkorlik subyektlari hamda “Bek klaster” qoʻshma korxonasini boshqarib kelmoqda. U rahbarlik qilayotgan tizimda 4000ga yaqin ish oʻrni yaratilgan.

U. Sotiboldiyev Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi arafasida Prezidentimiz Farmoniga koʻra “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?