Senat 100 000 soʻmlik banknot namunasi va dizaynini maʼqulladi

13:31 16 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
1451 0

100 ming soʻmlik kupyuraning taxminiy koʻrinishi

15 yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100 000 soʻmlik banknot namunasi va dizaynini maʼqulladi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yirik nominaldagi banknota Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlarda koʻra muomalaga chiqarilmoqda:

  • aholi uchun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;
  • naqd pullarni saqlash va tashish bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish;
  • aholiga bankomatlar orqali xizmat koʻrsatishda samaradorlikni oshirish;
  • muomaladagi naqd pullar tarkibini optimallashtirish.

100 000 soʻm qiymatdagi banknotlar joriy pul massasi doirasida chiqariladi hamda uning oʻsishiga taʼsir koʻrsatmaydi, deyiladi xabarda.

Yangi nominaldagi banknotning koʻrinishi, tasnifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?