“Scorpion”ning Marokashdagi suratga olish ishlari qanday o‘tdi?

13:07 26 Aprel 2018 Madaniyat
671 0

Shu yilning oktyabr oyida ekran yuzini ko‘rishi rejalashtirilgan rejissor Muhlisa Azizovaning “Scorpion” badiiy filmning suratga olish ishlari Marokash davlati hududida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Scorpion” badiiy filmining Marokashdagi blogi uchun 10 nafardan ortiq marokashlik mashhur aktyorlar, jami bo‘lib 40 kishilik ijodiy guruh suratga olish maydonida ishladi. Ommaviy sahnalarga esa 200 kishi jalb etilgan. Filmda birorta ham tasodifiy kadr yo‘q, ommaviy sahnalar ham maxsus amalga oshirildi.

Marokash politsiyasi suratga olish maydonidagi xavfsizlikni to‘liq ta’minlash uchun jalb etilgan. Aeroport, temir yo‘l vokzali, Marrakesh shahrining “eski shahar” qismida yirik masshtabdagi suratga olish ishlari davom etyapti.

Qayd etish lozimki, suratga olish ishlari O‘zbekiston kinokomissiyasining bevosita ko‘magi hamda Marokashning mashhur kinokompaniyasi “Magic production” hamkorligida bo‘lib o‘tmoqda.

“Scorpion” filmining suratga olish ishlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etadi.

Mazkur film Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?