“Sazagan” dala-oʻquv maydonida harbiy texnikalarni temir yoʻl orqali tashish boʻyicha koʻrgazmali va amaliy mashgʻulot oʻtkazildi

13:34 19 Fevral 2020 Jamiyat
329 0

Samarqand temir yoʻl bekati, shoxobchasi va aeroporti harbiy harakatlar tarkibiy boʻlimi tomonidan “Sazagan” dala-oʻquv maydonida Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism shaxsiy tarkibi uchun harbiy texnika va harbiy yuklarni temir yoʻl orqali tashish, yuklash-tushirish boʻyicha temir yoʻl xodimlari va okrug radiatsion kimyoviy biologik muhofazasi boʻlinmalari ofitserlari bilan hamkorlikda koʻrgazmali va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻquv mashgʻulotiga asosan yosh harbiy xizmatchilar jalb etilib, dastlab texnika xavfsizligi talablariga rioya etish va texnikalarni vagonlarga yuklashda ehtiyot choralariga eʼtibor qaratishga oid tushunchalar berib oʻtildi.

Koʻrgazmali tarzda oʻtkazilgan mashgʻulotlar doirasida texnikalarni platformalar orqali vagonlarga yuklash-tushirish, ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida belgilangan tartibda mahkamlash, texnikalarni tashishda niqoblash ishlarini tashkil etish kabi mashgʻulotlar amaliy tarzda namoyish etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?