“Savodsizlikning ildizi qayerda: oʻquvchiga telefon kerakmi?” — Bugun matbuotda

11:17 30 Iyun 2020 Jamiyat
72 0

“...Bu yil koronavirus pandemiyasi hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida roʻy bergan ofatlar butun el-yurtimiz qatori yoshlarimiz irodasini ham sinovdan oʻtkazdi. Ana shunday ogʻir vaziyatlarda ming-minglab oʻgʻil-qizlarimiz chinakam mardlik va jasorat koʻrsatib, barcha tengdoshlariga oʻrnak boʻldilar...” — deyiladi Prezidentimizning 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlariga yoʻllagan bayram tabrigida.

Ushbu mavzuga bagʻishlangan materiallar respublikamiz matbuoti sahifalarida ham oʻz aksini topgan. Shuningdek, bugun yana bir muhim sana — Xalqaro parlamentarizm kuni.Xalq soʻzi gazetasida eʼlon qilingan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning “Parlamentarizm — demokratik taraqqiyotning asosiy omili” sarlavhali maqolasida shu xususda soʻz yuritiladi. Materialda qayd etilishicha, parlament muassasalari dunyoning 190 dan ortiq davlatlarida faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning deyarli 70 tasida ikki palatali, qolganlarida esa bir palatali qonun chiqaruvchi organlar ish yuritadi. Bu juda muhim, chunki parlament jamiyatning turli-tuman qatlamlarini yaxlit tarzda birlashtiradigan va ularning huquq va manfaatlarini yoqlaydigan yagona institutdir. Uning eng birlamchi vazifasi, shubhasiz, jamiyatdagi turli manfaatlarni yurt ravnaqi yoʻlida birlashtirishdan iborat. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda parlament davlat va jamiyatning boshqa institutlari bilan turli aloqalar tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muhim kommunikatsiya vositasi vazifasini oʻtab kelayotganidan xabarimiz bor. Sodda qilib aytganda, u davlat va xalq oʻrtasidagi oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtaydi.

BMT iqtisodchilari joriy yilda jahon iqtisodiyoti sezilarli pasayishini bashorat qilmoqda. COVID-19 pandemiyasi ortidan dunyo keyingi ikki yil ichida qariyb 8,5 trillion dollar daromadni boy berishi kutilmoqda. Tojdor virus tufayli 2020-yilda 34 milliondan ortiq odam qashshoqlik chegarasidan tushib ketishi mumkin, bu koʻrsatkichning yarmidan koʻprogʻi Afrika mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Uzoq muddatli prognozga koʻra, 2030-yilga kelib oʻta qashshoqlikda yashaydiganlar soni yana 130 million kishiga koʻpayadi. Pandemiya, ayniqsa, kam maoshli, maxsus mahorat talab qilmaydigan faoliyatga jalb qilingan odamlarga juda qattiq taʼsir oʻtkazdi. Natijada dunyoda boylar va kambagʻallar, hududlar va mamlakatlar oʻrtasidagi daromadlar tafovuti yana-da kengayadi. Xoʻsh, bu global ofatning taʼsiri Oʻzbekistonga qanday taʼsir koʻrsatadi. Bu haqda Yangi Oʻzbekiston” gazetasida chop etilgan “Iqtisodiy islohotlar eʼtirofi: Jahon banki Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2021-yilda 6,6 foizga oʻsishini bashorat qilmoqda” sarlavhali materialda oʻqiysiz.

Qayta tiklanuvchi energetika sohasi rivoji mamlakatning geografik joylashuvi, tabiiy resurslar zaxirasi va iqtisodiy imkoniyatlarga chambarchas bogʻliq. Biroq barcha davlatlar bu borada bir xil salohiyatga ega emas. “Pravda Vostoka” gazetasida berilgan «Zelenaya energetika: chto meshayet razvivatsya etomu napravleniyu?» (“Yashil energetika: bu yoʻnalish rivojiga nima toʻsqinlik qilmoqda”) sarlavhali maqolada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Islom Xushvaqtov hamda Nosir Aminovning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishasiz.

Inson va qonun gazetasida “Savodsizlikning ildizi qayerda: oʻquvchiga telefon kerakmi?” nomli maqola chop etilgan. Unda yozilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar benihoya koʻpligi odamni baʼzan juda chalgʻitadi. Biz, kattalar ayrim hollarda rasmiy veb-sahifalar va rasmiy boʻlmagan nashrlarni zoʻrgʻa ajratib olamiz. Ammo yoshlar-chi? Turli norasmiy sahifalarda chop etiladigan materiallar saviyasi nihoyatdla sayoz. imloviy xatolar va gʻaliz jumlalarga toʻlib-toshgan. Hatto haqiqatga mutlaqo zid xabarlarga koʻzimiz tushadi baʼzan. Afsuski, oʻquvchi yoshidagi bolalar ongi har kuni mana shunday axborotlar oqimi qurshovida qolmoqda.

Gazeta sahifalaridan, shuningdek, “Kechagi kunni unutib boʻlmaydi”, “Oʻzbek ishi: xalq boshida charx urgan quzgʻunlar”, “Madad” NNTning tajribali huquqshunoslaridan fuqarolar savollariga huquqiy javoblar hamda boshqa qator maqolalar oʻrin olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?