Savdo markazida portlash sodir boʻldi. Qurbonlar bor

17:34 04 Dekabr 2018 Dunyo
307 0

Foto: AP

Malayziyaning Kalimantan orolidagi Kuching shahridagi savdo markazida sodir boʻlgan portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi, 26 kishi jarohatlandi.

Bu haqda yongʻin xavfsizligi va qutqarish boʻlimi maʼlumotiga tayanib, Straits Times gazetasi xabar bermoqda.

Portlash bugun mahalliy vaqt bilan soat 15.30 da sodir boʻlgan. Voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Manbaga koʻra, jarohatlanganlarda toʻrt nafarining ahvoli ogʻir. Qurbonlarning ikki nafari savdo markazi xodimlari ekanligi aytilmoqda.

Portlash sababi haqida maʼlumotlar yoʻq.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?