Saudiya muftiysi hayit namozi boʻyicha fatvo berdi

21:50 21 May 2020 Jamiyat
384 0

Arxiv foto

Koronavirus pandemiyasi sabab jamoat namozlarini uylarida ado qilayotgan butun dunyo musulmonlari hayit namozini ham jamoat boʻlib oʻqiy olmaydilar.

Saudiya Arabistoni ulamolari kengashi raisi va Ilmiy tadqiqotlar boshqarmasi boshligʻi muftiy Abdulaziz ash-Shayx koronavirus bilan bogʻliq vaziyatdan keyin bu yilgi hayit namozini uyda oʻqishga ruxsat berish toʻgʻrisida fatvo chiqardi. Fatvoga koʻra hayit namozi xutbasiz ado qilinadi. Namoz ikki rakʼat boʻlib, unda oltita takbir bor.

Shuningdek, u fitr sadaqa va zakotni munosib boʻlgan odamlarga taqsimlab berish va hayit doimgidek xursandchilik bilan nishonlashi kerakligini qoʻshimcha qildi.

Ulamolar kengashining aʼzosi shayx Abdul Salom Abdulloh Sulaymon hayit namozini yolgʻiz oʻqimay, oila aʼzolari boʻlsa, ularning hamrohligida ado qilishlari mumkinligini fatvoda bildirib oʻtdi.

Zamzam suvi Saudiya Arabistoni boʻylab doʻkonlar orqali tarqatiladi

Hayit namoz vaqti

Shuningdek, olimlar hayit namozining vaqti quyosh chiqqandan soʻng 15-30 minut oʻtishi kerakligini aytadilar. Hayit namozining vaqti peshin namozidan oldin tugaydi.

Barcha mazhablarga koʻra, quyosh chiqayotgan vaqtda hayit namozini oʻqish mumkin emas. Shunday qilib, quyosh chiqqandan 15-30 minut keyin namoz oʻqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?