Saudiya Arabistoniga borishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga

14:22 28 Fevral 2020 Jamiyat
234 0

Saudiya Arabistoni Podshohligining Toshkent shahridagi Elchixonasi Oʻzbekiston tomonini chet el, jumladan Oʻzbekiston fuqarolarining Umra amallarini bajarish va Madina shahridagi Paygʻambarimizning Muqaddas Masjidini ziyorat qilish maqsadida Podshohlikka kirishi hamda ularga viza berilishi vaqtinchalik toʻxtatilganiligi toʻgʻrisida rasman xabardor qildi.

Mazkur choralar COVID-19 koronavirusining tarqalishini oldini olish uchun qoʻllanilmoqda.

Shu munosabat bilan Podshohlikka borishni rejalashtirgan Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistonining mazkur qarorini hisobga olishlari zarur.

TIV


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?