Saudiya Arabistonidagi elektron universitet bilan shartnoma imzolandi. Buning ahamiyati nimada?

14:51 14 Sentyabr 2020 Jamiyat
145 0

Saudiya elekton universiteti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda universitet axborot xizmati xabar berdi. Ushbu shartnomaga asosan oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabalari mazkur elektron universitetning “internet orqali arab tili oʻrganish” dasturidan foydalanadilar. Elektron universitetning xizmatlaridan foydalanishni koʻzda tutuvchi ushbu hamkorlik shartnomasini Saudiya elektron universiteti rektori doktor Laylak bint Ahmad as-Safadiy hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti vakili, Sharq tillari kafedrasi dotsenti Murtazo Saydumarov imzoladilar.

Elektron universitet xalqaro miqyosdagi universitetlar bilan hamkorlikda ilgʻor

Maʼlumot uchun, Saudiya elektron universiteti 2011-yili bu mamlakatda taʼsis etilgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, u masofadan taʼlim olishni va uzluksiz taʼlimni birinchi boʻlib yoʻlga qoʻygan. Universitet tarkibiga boshqaruv va moliya fakulteti, tibbiyot fanlari fakulteti, informatsion texnologiyalar fakulteti, aniq fanlar va nazariy tadqiqotlar fakulteti kiradi. Universitet bakalavr, magistrlik va doktorlik darajalarini berish bilan birga uzluksiz taʼlim va butun umr davomida oʻqish boʻyicha kurslar tashkil qiladi.

Universitet Riyozda joylashgan boʻlib, mamlakatning turli mintaqalarida ochilayotgan filiallari hisobiga kengayib bormoqda. Universitet elektron taʼlim texnologiyalarini tatbiq etishga asoslangan eng afzal namunalarga qurilgan oliy taʼlimni, bevosita qatnab va masofadan oʻqishni birlashtiruvchi taʼlimni taqdim etadi, mahalliy va xalqaro miqyosdagi universitetlar bilan hamkorlikda eng peshqadam maʼrifatni, uning jamiyat talablariga mos keladigan eng yuqori akademik manbalardan olingan mazmun bilan mahalliylashtirishni amalga oshiradi.

Til oʻrganishga qiziquvchilar uchun yangi imkoniyat

Internet orqali arab tili dasturi oʻzga tilda soʻzlashuvchilarning arab tilini oʻrganishga boʻlgan ehtiyojini qondirishga moʻljallangan boʻlib, arab tili oʻrganishni hech qanday zamon va geografik makonga bogʻlamagan holda tashkil qilish imkoniyatini yaratadi. U koʻp sonli talabalarni anʼanaviy taʼlim toʻsiqlarini bartaraf etgan holda, taʼlim xarajatlarini tejagan va safar tashvishlaridan ozod qilib, cheklanmagan miqdorda qabul qila oladi.

Dastur oʻzga tillilar uchun arab tilini oʻqitishni butun dunyo boʻylab arab tilini va madaniyatini targʻib qilishga koʻmaklashuvchi taraqqiy etgan elektron taʼlim orqali tillarni oʻrganish va oʻqitish borasidagi eng zamonaviy xalqaro meʼyorlarni amalga oshirgan holda taqdim etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?