Saudiya Arabistonida 21-iyundan komendantlik soati bekor qilindi

15:05 21 Iyun 2020 Dunyo
293 0

Foto: rbc.ru

Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi 23-martda koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan komendantlik soati bekor boʻlishini maʼlum qildi.

«21-iyun ertalab soat 6:00dan dan mamlakatning barcha hududlarida komendantlik soati amal qilishi toʻxtatiladi», - deyiladi ichki ishlar vazirligi bayonotida.

Bayonotda aytilishicha, qirollikda sanitar-epidemiologik choralarga qatʼiy amal qilinishi lozim boʻladi. Hukumat fuqarolarni «ijtimoiy masofa saqlash, ogʻiz va burunni yopib turadigan niqob taqish hamda 50dan ortiq kishi toʻplanadigan yigʻilishlar oʻtkazmaslik»ka chaqirmoqda. Qayd etilishicha, ushbu tartibga amal qilmaganlar jazoga tortiladi.

Hukumat xorijga sayohat qilish va ziyoratlarga qoʻyilgan taqiqlarni oʻz kuchida qoldirgan.

Hozircha Makkaga Haj ziyoratlarni amalga oshirishga ruxsat qachon berilishi nomaʼlum.

Saudiya hukumati iqtisodiy va savdo faoliyatiga nisbatan joriy etilgan barcha cheklovlarni olib tashlamoqda. 21-iyundan davlat muassasalari va xususiy kompaniyalarga ish boshlashga ruxsat berildi.

Shu bilan birga, qirollikning dengiz va quruqlik chegaralari yopiqligicha qoladi.

Qirollik sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumot berishicha, Saudiya Arabistonida bir sutkada koronavirus yuqtirish bilan bogʻliq 4757 ta holat qayd etilgan. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 155 mingga yaqinlashib qolgan, hozirga qadar 1,2 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?