Saudiya Arabistoni umra ziyoratini qisman ochishga tayyorgarlik koʻrmoqda

10:33 03 Iyul 2020 Jamiyat
327 0

Saudiya Arabistonining Makkadagi Masjidul-Haram ishlari boʻyicha agentligiMasjidul-Haramni qisman ochish rejasini tayyorlamoqda. Umra 100 kundan koʻproq toʻxtatilgandan soʻng, yillik kichik Hajni qisman qayta yoʻlga qoʻyish rejasini ishlab chiqyapti. Bundan koʻzlangan maqsad ziyoratchilarning juda koʻp miqdorda toʻplanishining oldini olishdir. Bu haqda «Al-Arabiya» manbasi maʼlum qildi.

Bu Qirollikning ham odamlarni normal hayotga qaytarish, ham koronavirus tarqalib ketishini ushlab turish yoʻlidagi saʼy-harakatlarining bir qismidir.

Qayd etilishicha, Makka shahridagi asosiy masjidi va maydonning 40 foizigacha ishlashga ruxsat etiladi.

Ziyoratchilar esa bu yerga kelishi uchun “Tawakkalna” ilovasi orqali ruxsat olishi kerak boʻladi. Masjidga keladigan odamlar sonini cheklash uchun shunday qilinmoqda.

Buning uchun quyidagi yangi choralar amalga joriy etiladi:

— masjidga barcha kirish joylarida teplovizor kameralarini oʻrnatish;

— tashrif buyuruvchilar uchun alohida kirish va chiqish joylarini yoʻlga qoʻyish;

— masjidga tana harorati yuqori boʻlgan odamlarning kirishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni sogʻliqni saqlash mutaxassislari koʻrigiga yuborish;

— odamlar yigʻilishining oldini olish maqsadida ijtimoiy masofani saqlash chorasini doimiy qoʻllash;

— barcha ziyoratchilar uchun tibbiy niqob taqish majburiyati;

— tavof qiluvchilar uchun masjidning birinchi va ikkinchi qavatlarini ajratish. Keksa va imkoniyati cheklangan insonlar ikkinchi qavatdan foydalanishadi.

Oʻz navbatida, Xaramning Kaʼbaga yaqin markaziy hududi ziyoratchilar uchun, xususan, juma kunlari yopiq boʻlishi mumkinligi ham maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?