Sariosiyodagi postda tadbirkor ayol bojxona xodimiga qarshilik koʻrsatib, tan jarohati yetkazgan

10:57 03 Dekabr 2019 Jamiyat
46 0

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi “Chumchuqlijar” chegara bojxona postida ayol F.K. (1963-y.t. tadbirkor) xizmatni oʻtab kelayotgan bojxona inspektori L.X.ga qarshilik koʻrsatib, uni haqorat qilib, bosh qismi va yuziga qoʻllari bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan F.K.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?