Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot yetishtirish koʻpaytiriladi

13:38 16 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
234 0

«Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ-4863-son, 15.10.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasiga (Uyushma) har yili 1-iyunga qadar avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligiga takliflar kiritish huquqi berildi. 

Avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari Uyushma taklifiga muvofiq paxta va gʻalla maydonlaridan qisqartirilgan, foydalanishga kiritiladigan, zaxiradagi yerlar, shuningdek, takroriy ekin sifatida gʻalladan boʻshaydigan va boshqa yer maydonlariga joylashtiriladi. 

Qaror bilan 2021-2022-yillar hosili uchun avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini turlari boʻyicha yetishtirish hajmlari tasdiqlandi. 

Shunga koʻra, belgilangan yillarda respublika boʻyicha quyidagi hajmda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlari yetishtirish nazarda tutilgan: 

— fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarida: 
▪️ 2021-yilda 1 728 553 tonna; 
▪️ 2022-yilda 1 846 924 tonna. 

— dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa maydonlarida: 
▪️ 2021-yilda jami 2 286 732 tonna; 
▪️ 2022-yilda 2 413 855 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?