Sarimsoq piyoz 10 ming soʻmdan 100 ming soʻmgacha: Oʻzbekistonda narx-navoda kuzatilgan oʻzgarishlar maʼlum boʻldi

23:43 09 May 2020 Iqtisodiyot
816 0

arxiv foto

Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasi sharoitida aholining maishiy texnika, kiyim-kechak, boshqa shu turdagi mahsulotlardan ham koʻra koʻproq oziq-ovqatga boʻlgan talabi oʻsib ketdi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan olib borilgan monitoring va tahlil natijalariga koʻra, joriy yilning mart, aprel, may oylarida narx-navolar quyidagicha boʻlmoqda:

18-mart holatiga koʻra tuxum mahsuloti Buhoro, Qashqadaryo viloyatlarida 800 soʻmdan 1000 soʻmgacha sotilgan. Namangan, Samarqand, Fargʻona viloyatlarida esa 1 dona tuxum oʻrtacha 500 soʻmdan 700 soʻmgacha baholangan. Ushbu holat aprel oyida oʻzgarishsiz qoldi. Ayni kunlarda eng qimmat narx Toshkent shahrida qayd etilgan yaʼni 1100 soʻmdan sotilmoqda.

Mol goʻshti esa Respublikamiz bozorlarida 2 oy ichida oʻrtacha 40 ming soʻmdan 60 ming soʻmgacha sotilmoqda. Shundan eng arzon sotilgan 1 kg mol goʻshti Qoraqalpogʻiston Respublikasiga toʻgʻri kelmoqda. Yaʼni 37 ming soʻm. 6-may holatiga koʻra eng qimmat sotilgan hudud sifatida Toshkent shahri roʻyxatga olingan. 1 kg mol goʻshti – 66 ming soʻm. Qoʻy goʻshti esa 70 ming soʻm.

Hududlardagi bozorlarda oʻsimlik yogʻining oʻrtacha narxi 85 ming soʻmdan 13 ming soʻmgachasotilgan. Aprel oyida esa eng yuqorikoʻrsatgichpoytaxtimizda – 15 ming soʻm sotilgani qayd etildi, 6-mayda esa Toshkent shahri va viloyatida 14 ming soʻmgacha sotildi.

Respublikamiz bozorlarida guruchning eng arzon narxi 3 ming soʻm, eng yuqori narxda sotilgani 25 ming soʻmni tashkil etmoqda. Joriy yilning mart oyida olib borilgan kuzatuvlar natijasiga koʻra, birgina Andijon viloyatida 25 ming soʻmgacha sotilgan. Qolgan hududlarda esa oʻrtacha 14 000 va 18 000 soʻm oraligʻida xaridorlarga taqdim etilgan.

Aprel oyiga kelib esa guruch narxi ancha arzonlashdi va 3 ming soʻmdan 17 ming soʻmgacha sotildi. Biroq 17 ming soʻm qayd etilgan hudud Fargʻona viloyati boʻldi. 6-may holatiga koʻra, narx-navo deyarli oʻzgarishsiz saqlanib qoldi. Mazkur oyda oʻrtacha 3 ming soʻmdan nav turlariga qarab, 17 ming soʻmgacha sotildi.

Eng zaruriy poliz mahsulotlaridan biri boʻlgan kartoshkaning mart oyidagi narxi barqarorlashganini kuzatish mumkin. Yani 1500 soʻmdan 5000 ming soʻmgacha sotildi. Aprel oyida kartoshka narxi birgina Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 12 000 soʻmgacha sotildi. Boshqa viloyatlarda esa oʻrtacha 3500 soʻmdan 6 000 soʻmgacha narxlangan.

Hozirgi kunda esa kartoshkaning eng arzon narxi Sirdaryo viloyatida kuzatilmoqda – 2 000 soʻm, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Qashqadaryo va Xorazm hududlaridagi bozor rastalarida 3 ming soʻmdan, sifatiga qarab, 5 000 soʻmgacha sotilmoqda. Toshkent shahrida esa 9 000 soʻm, Samarqand viloyatida 12 000 soʻmga xaridlar amalgaoshirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda juda katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan va koronavirusga qarshi kurash bobida katta samaraga ega deb taʼriflangan poliz ekinlaridan yana biri sarimsoq piyozdir. Ushbu mahsulot narxi mart oyida 10 ming soʻmdan 100 ming soʻmgacha sotildi.

Eng qimmat narxda baholangan hudud Jizzax viloyatidagi dehqon bozorlariga hissasiga toʻgʻri keladi. Sarimsoq piyoz Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Toshkent shahri va viloyatida oʻrtacha 70 va 80 ming soʻmga sotilgan. Aprel oyida ham sarimsoq piyozga boʻlgan talab deyarli oʻzgarishsiz qoldi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Fargʻona viloyatlaridagi bozorlarda eng arzon sotilgan degan xulosaga kelindi – 10 va 20 ming soʻm atrofida. May oyida pishiqchilik mavsumi boshlanib, narxlar pastlay boshladi: 7 ming soʻmdan 80 ming soʻmgacha sotildi.

Bundan tashqari, pandemiya sababli bugungi kunda antiseptik geltibbiyot niqobi hamda xoʻjalik sovuniga nisbatan aholi oʻrtasida talab ortgani hisobiga quyidagi mahsulotlarning ham narx-navosi oʻrganildi.

Dorixonalarda tibbiy niqoblarning kamaygani va aholining unga nisbatan talabi keskin ortgani tufayli narxlar dinamikasi ham oʻzgarib turibdi. Mart oyi holatiga koʻra, tibbiy niqoblar 1000 soʻmdan 4500 soʻmgacha sotildi. Aprel oyida bu koʻrsatgich yuqoriladi: Jizzax viloyatida 12 ming soʻmgacha sotilgan holatlari ham kuzatildi.

Respublikamizning boshqa bozor hududlarida oʻrtacha 2500 soʻmdan 10 ming soʻmgacha narxlangan boʻlsa, may oyiga kelib bu koʻrsatgich arzonlashib, oʻrtacha 700 soʻmdan 2000 soʻmgacha sotildi. Spirt aralashmasidan iborat antiseptik gel mart oyida 700 soʻmdan 5800 soʻmgacha koʻtarildi. Oʻtgan oyda esa 15 ming soʻmdan 25 ming soʻmgacha yetdi. 6-may holatiga koʻra, 1000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha sotildi.

Xoʻjalik sovuni mart oyida 1500 soʻmdan 4 000 soʻmgacha sotildi. Aprel va mayoylarida narxlar oʻzgarishsiz qoldi.

Hurmatli vatandoshlar! Agarda siz oziq-ovqat maxsulotlarinimazkur koʻrsatilgan narx-navodan ham yuqori miqdorda sotilayotganiga guvoh boʻlsangiz Oʻzbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishont telefoniga murojaat etishingiz mumkin va qonuniy choralar koʻrilishi kafolatlanadi. Unutmang isteʼmolchi manfaatlari barcha narsadan ustun!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?