Sardor Umrzoqov Bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga maʼqullandi

16:46 10 Mart 2020 Siyosat
740 0

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqovni maʼquladilar.

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va maʼqullash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzod u masʼul qoʻmita, fraksiyalar va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi va maʼqullanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va maʼqullanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.

Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri koʻrib chiqish va maʼqullash uchun yangi nomzodni kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi.
Ziyod ASHUROVA, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?