Sardor Rahimxon va yana 3 xonandaning litsenziyasi tugatildi

17:00 31 May 2018 Madaniyat
1936 1
Foto: Beruniy.Net

Bugun, 31 may kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“Xabar.uz”ning yozishicha, yig‘ilishga yig‘ilishga taklif etilgan 85 nafar san’atkordan 4 nafari kelmagani sababli O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, xonandalar Asilbek Ne’matov, Feruza Jumaniyozova hamda Tohir Usmonovning litsenziyalari 2018 yil 31 maydan bekor qilindi. Bu haqdagi qarorni muassasa direktori Odil Abduqahhorov o‘qib eshittirdi.

Yig‘ilishda oltita masala ko‘rib chiqildi. Ularning ichida xonandalarning odobi, xorijda konsert berish, to‘y-hashamlar, atrof-muhit bilan muomala qilish, kitobxonlik, ya’ni savodxonlik, qo‘shiqlar va videokliplardagi mujmal, tuturiqsiz so‘zlar va shu kabi muammolar muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?