Saratonning oldini olishda yordam beradigan eng oddiy mahsulotlar qaysilar?

14:44 24 Dekabr 2019 Lifestyle
843 0

Buyuk Britaniyaning Uorik va Norvegiyaning Tromsyo universitetlari olimlari tomonidan hamkorlikda shu boʻyicha loyiha amalga oshirildi.

Maʼlum boʻlishicha, bir nechta isteʼmol mahsulotlari organizmda faol autofagiya jarayoni ishga tushishiga turtki berar ekan. Natijada bu qator kasalliklar, jumladan, saratondan himoyalanish imkoniyatini yaratishi qayd etildi.

Mutaxassislarning aytishicha, ularni tanovul qilish, xususan, yoʻgʻon ichak saratoni, qoʻzgʻatilgan yoʻgʻon ichak sindromi, Kron kasalligi va yoʻgʻon ichak yalligʻlanishining oldini oladi.

Maʼlumot uchun, autofagiya — bu organizmning oʻsimta rivojlanishiga olib keladigan hujayra qismlari zararlanishini mustaqil bartaraf etish jarayonidir. Tadqiqot mualliflari autofagiyani anor, qizil uzum, nok, qoʻziqorin, yasmiq, soya va yashil noʻxat tarkibida mavjud boʻlgan tabiiy qoʻshilmalar faollashtirishini taʼkidlashdi.

“Ularning isteʼmoli shamollash jarayonlariga qarshi kurashishda organizm zaxiralarini faollashtiradi va ichak kasallanishi alomatlarini yengillashtiradi”, — deya ularning fikrini keltirib oʻtadi Nature Communications manbasi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda olimlar qizil piyoz tarkibida oʻziga xos sogʻlomlashtirish xususiyati borligini isbotlashgandi. Piyozning qizil navi tarkibida yuqori darajada kvertetsin-flavonoid mavjud boʻlib, bu organizmni kelgusida boʻlinish xususiyatini yoʻqotgan eski hujayralardan tozalab beradi. Qizil piyoz aynan shu jihati bilan organizmni saraton rivojlanishidan boshqa hamma mahsulotlardan koʻra samaraliroq himoyalaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?