Saratonning xavfli turlaridan birini toʻxtatish usuli topildi

21:52 14 Fevral 2020 Dunyo
141 0

Foto: www.google.com

Biologlar koʻkrak saratonining eng agressiv turlaridan biri — uch baravar salbiy koʻkrak saratoni hujayralarini zararsizlantirish usulini topishdi. Ushbu kasallik gormon terapiyasi va kimyoterapiyaga ham qarshi tura oladi hamda davolanishdan keyin takrorlanishi mumkin. Yangi davolash usuli toʻgʻrisida “MedicalXpress”da xabar berildi.

Ilgʻor “CRISPR” genetik tahrirlash texnologiyasidan foydalangan holda olimlar jamoasi ikkita oqsildan bittasini – “RUNX2” yoki “CBF-beta” faoliyatini muzlatishga muvaffaq boʻlishdi. Har qanday oqsilni olib tashlash saraton kasalligining tarqalishini toʻxtatdi. Ammo qayd etilishicha, agar oqsillar yana faollashtirilsa, unda saratonning xavfli xususiyatlari qaytadi.

Mutaxassislarning fikricha, kashfiyot asosida samarali terapiya ishlab chiqilishidan oldin koʻplab tadqiqotlar olib boriladi. Maqsadli oqsillar sogʻlom toʻqimalarda ham mavjud boʻlganligi sababli, dorilar faqat “RUNX2” yoki “CBF-beta”gagina taʼsir etishiga ishonch hosil qilish kerak.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?