Saratonga chalinmaslikning eng oddiy toʻrt yoʻli maʼlum qilindi

14:41 03 Fevral 2020 Lifestyle
256 0

Illyustrativ surat

Rossiya onkologlari saraton kasalligining oldini olish va himoyalanish boʻyicha eng oddiy maslahatlarni maʼlum qilishdi.

Eng birinchi maslahat — chekishni tashlash. Bundan tashqari, shifokorlar alkogol ichimliklardan butunlay voz kechishni ham tavsiya qilishmoqda.

Day.Azʼning shifokorlarga tayanib yozishicha, iloji boricha koʻproq harakatda boʻlish kerak ekan. Yana kunlik isteʼmol qilinadigan shakar miqdorini sezilarli darajada kamaytirish ham tavsiya berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?