Saraton hujayralarini oʻldiradigan vitamin aniqlandi

08:17 13 Mart 2020 Lifestyle
304 0

Olimlar tomonidan B12 vitamini organizmda saraton hujayralarini buzish va yoʻq qilish jarayonlarini boshlab berishini isbotlashdi. U bu borada oʻsimtaga qarshi modda bilan “hamkorlik“da ishlashi aniqlangan. Bu haqda Xronika.info manbasi xabar berdi.
Rossiya fanlar akademiyasi biofiziklarining maʼlum qilishlaricha, B12 bilan bunday kombinatsiya saraton oʻsimtalarida oksidlash jarayonini ishga tushirib, uni jadal kuchaytiradi.
Oʻsimtaga qarshi dorilar koʻpincha saraton oʻsmalarida oʻzini oʻzi yoʻq qilish dasturini ishga tushiradi va bundan uning atrofidagi toʻqimalarga zarar yetkazilmaydi. B12 vitamini ham shunday xususiyatga ega ekanligi aniqlandi. U jigar, mol va qoʻy goʻshtlari, tuxum, kurka koʻkragi, sut, pishloq, baliq mahsulotlari tarkibida uchraydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?