Sara Sanders: Prezidentlar AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishadi

15:45 10 May 2018 Siyosat
271 0
Foto: Вести

Sara Sanders: Prezidentlar AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishadi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15 — 17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ladi. 

O‘z navbatida, Oq uy matbuot xizmati ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi mazkur tarixiy uchrashuvning beqiyos ahamiyata haqida to‘xtalib o‘tdi. 
Xususan, AQSH Prezidenti matbuot kotibi Sara Sanders Shavkat Mirziyoyev Oq uyga ilk tashrifini amalga oshirishi haqida aytib o‘tar ekan, Prezidentlar umumiy manfaatlarga erishish hamda paydo bo‘ladigan muammolarga yechim topish maqsadida o‘z mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishini ta’kidlagan.

Shuningdek, Sara Sanders muzokaralarda savdo, investitsiya, Afg‘onistonni ham inobatga olgan holda mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etilishiga alohida to‘xtalgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?