Sanjarbek Rahmonov yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi

13:20 19 Mart 2019 Sport
246 0

Foto: GoSport.uz

Professional boksning yarim oʻrta vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Sanjarbek Rahmonov aprel oyida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda GoSport.uz maʼlum qildi.

Floyd Meyvezerning Mayweather Promotions promouterlik kompaniyasi tarkibida mashgʻulotlar olib borayotgan Rahmonov 5 aprel kuni amerikalik Kit Hanterga qarshi ringga chiqadi. Jang Sanjar Rahmonov uchun qadrdon boʻlib qolgan Las-Vegasdagi Samʼs Town Hotel & Gambling Hall saroyida boʻlib oʻtadi. Soʻnggi beshta jangini Sanjarbek aynan shu arenada oʻtkazgan.

Eslatib oʻtamiz, Rahmonov soʻnggi marta 7 dekabr kuni Jonatan Stilga qarshi ringga chiqib, raqibini ochkolar hisobiga koʻra magʻlubiyatga uchratgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?