AQSH Prezidenti Xelsinkiga kimlar bilan kelishi ma’lum bo‘ldi

15:47 09 Iyul 2018 Dunyo
385 0
Foto: ТСН

Xabaringiz bor, shu yil 16 iyul kuni Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Mazkur to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda ishtirok etadigan AQSH delegatsiyasi tarkibi ma’lum qilindi.

Politico nashrining yozishicha, AQSH Prezidentiga uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton, Oq uy ma’muriyati rahbari Jon Kelli, uning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bill Shayn, matbuot kotibi Sara Sanders, siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi Stiven Miller, Prezident yordamchisi Den Skavino va boshqa yuqori martabali kishilar hamrohlik qiladi. O‘z navbatida, AQSHning birinchi xonimi Melanya Tramp va uning matbuot kotibi Stefani Grisham ham Xelsinkiga keladi. Nashrga ko‘ra, AQSH rahbarining qizi Ivanka Tramp, maslahatchi Jared Kushner delegatsiya tarkibidan o‘rin olmagan.

Ma’lumot uchun, ikki davlat yetakchisi sammit davomida o‘zaro munosabatlar va milliy xavfsizlik masalalarini muhokama qilishi kutilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?