SamDU qoshida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi

09:16 26 Iyul 2018 Jamiyat
365 0
Foto: samdu.uz

Samarqand davlat universiteti huzurida fizika, matematika, kimyo va biologiya sohalariga ixtisoslashgan maktab faoliyati tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyul kuni qabul qilgan “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq, maktab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Namangan davlat universiteti huzurida Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?