Samarqandning yangi hokimi ishni ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdan boshladi

17:19 16 Iyul 2018 Jamiyat
391 0
Facebook / Rustam Kobilov

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ushbu lavozimga tayinlanganidan bir kun o‘tib shahardagi ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishga chiqdi. Bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Viloyatning yangi rahbari tashrif buyurgan ilk obyekt Yoshlar markazi bo‘ldi.

Turdimov Yoshlar markazida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishgan va zarur tavsiyalarni bergan. Jumladan, markaz yoshlarning emin-erkin kirib-chiqishlari uchun qulay bo‘lishi, bu yerda yoshlar o‘zlarini erkin his qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratilishi lozimligini ta’kidlagan.

Facebook / Rustam Kobilov

Shundan so‘ng viloyat hokimi prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida tashkil etilgan qabul jarayoni bilan tanishgan va ushbu muassasada yaqin kelajakda xalqaro darajada ta’lim berish uchun nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi haqida o‘z fikrlarini bildirgan.

Erkinjon Turdimov Samarqand davlat universiteti pedagogika fakultetida olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat bo‘limining yangi binosini qurish uchun mo‘ljallangan hudud bilan ham tanishgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?