Samarqandning ikki tumani hokimiga nisbatan maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 sentyabrdagi “2019 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi tomonidan muntazam nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 2 nafar masʼul shaxs ogohlantirilib, 1 nafar shaxsga nisbatan intizomiy, 79 nafar shaxsga maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanildi.
Jumladan, Jomboy tumani hokimi U.Nazarov va Oqdaryo tumani hokimi F.Abilov Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosiga masʼuliyatsizlik bilan yondashganligi uchun ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 198-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi.
Past Dargʻom tumani suv isteʼmolchilar uyushmasi boshligʻi Q.Xalilov oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan holda “Zarafshon” MMTP hududidagi gʻalla maydonlarini sugʻorish uchun ajratilgan suvni nazoratsiz qoldirganligi sababli maʼmuriy jazolandi.
Shu kabi nazorat tadbirlari davomida boshoqli don ekishni asossiz ravishda kechiktirgan Oqdaryo tumanidagi “Avnamas-saxovatli diyor”, “Dahbet neʼmatlari”, “Oqdaryo Navroʻz hosili”, “Jasur Oripov”, “Chorbogʻ kelajak bogʻlari”, “Xusenov Maxsud hosili”, ”Maxsum Bogʻlari”, “Begoyim”, “Madina-bonu bogʻi”, “Dahbet Diyorbek gʻallasi”, “Baraka” fermer xoʻjaliklari rahbarlariga ham maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanildi.
“Jomboy don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining Urgut tuman don qabul qilish maskani mudiri Z.Mirzayev urugʻlik bugʻdoyning muvofiqlik sertifikatini olmasdan tarqatgani aniqlanib, unga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qoʻzgʻatildi.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil hosili uchun viloyatdagi 9 ming 628 fermer xoʻjaligi tomonidan 104 ming 249 gektar sugʻoriladigan maydonda gʻalla parvarishlanmoqda.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: