Samarqandlik dehqonlar 121 ming dollarlik qalampir eksport qildi

16:55 16 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
100 0

Joriy yil 8 oyda Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatga 314,3 ming AQSH dollarlik qalampir eksport qildi. Bu koʻrsatkichni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda 70,1 ming dollarlik koʻp mahsulot sotildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 8 oyda Oʻzbekiston Vyetnamga 219,7, Braziliyaga 67,1, Germaniyaga 11,1, Rossiyaga 4,6, Turkiyaga 3,9, Gruziyaga 3,5, Ispaniyaga 1,1 ming dollarlik qalampir eksport qilgan.

Maʼlumotda keltirilishicha, 8 oyda Samarqand viloyatidan 121,4 ming AQSH dollarlik qalampir eksport qilinib, hududlar orasida eng yuqori koʻrsatkich qayd etilgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?