Samarqandga sayyohlar yanada keng jalb etiladi

12:14 06 Mart 2019 Jamiyat
294 0

Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” qabul qilindi.

Unga muvofiq, turistlarni keng jalb etish va ularning vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli festival, sayillar, shoular va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi. Jumladan, endilikda Registon maydonidagi 3D lazerli shousi har kuni namoyish etilishi kutilmoqda. Mart, noyabr va dekabr oylarida “Uloq-koʻpkari” oʻyinlari, 7 sentyabrda “Kishmish” festivali oʻtkaziladi.

Shuningdek, viloyat tuman va shaharlarida tashkil etiladigan sayillar, milliy oʻyinlar, festivallarning ham aniq sanasi belgilandi. Jumladan, 7 mart kuni Urgut tumanida milliy taomlar sayli, 14 mart kuni Samarqand tumanidagi Nodirdevonbegi madrasasida sumalak sayli, 15 martda Tayloq tumanida bahor taomlari koʻrigi, 22 mart kuni Nurobod tumani Oqsoy qishlogʻida milliy kurash bellashuvlari oʻtkazish rejalashtirilgan.

Umid SORIYEV (Xalq soʻzi)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?