Samarqandga 2 ming 424 bosh qoramol keltirildi

09:00 11 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
356 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4576-sonli qarori mamlakatimizdagi naslli chorvachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan klaster korxonalari hamda fermer xoʻjaliklari uchun katta imkoniyatlarni yaratib berdi. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida klaster korxonalari va chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan naslli qoramollar keltirilmoqda.

«Oʻzagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, 2020-yili Samarqand viloyatiga chet davlatlaridan 1 ming 500 bosh naslli mol olib kelish rejalashtirilgan boʻlib, joriy yilning oʻtgan davri davomida 1 ming 271 bosh naslli mollar keltirildi.

Xususan, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Doston fayz nur” fermer xoʻjaligiga Germaniya davlatidan 58 bosh, Urgut tumanidagi «Sam Kazan» masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Rossiya davlatidan 35 bosh, Jomboy tumanidagi “Qora ariq dalasi” fermer xoʻjaligiga Germaniya davlatidan 31 bosh jami 12 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan mahsuldorligi yuqori boʻlgan naslli qoramollar keltirildi.

Bundan tashqari, 2020-yilning oʻtgan davri davomida 1 ming 53 bosh goʻsht yoʻnalishidagi qoramollar olib kelindi. Jumladan, joriy yilning sentyabr oyida Toyloq tumanidagi “Akmal Toshpoʻlatovich” fermer xoʻjaligiga Ukraina davlatidan 77 bosh, Jomboy tumanidagi “Elaton baliq chorva” fermer xoʻjaligiga Rossiya davlatidan 195 bosh goʻsht yoʻnalishidagi (boʻrdoqiga boqish uchun) qoramol keltirildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentyabrdagi “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga asosan, 2021-2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qaror ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida Ishtixon tumanidagi “Qahramon” fermer xoʻjaligiga Avstriya davlatidan 31 bosh, Qoʻshrabot tumanidagi «Kamron Javohir chorvalari» fermer xoʻjaligiga Qirgʻiziston davlatidan 450 bosh hisori zotli qoʻylar keltirildi.

Bularning barchasi aholini sifatli va arzon goʻsht, goʻsht va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda mahsulot narxini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?