Samarqanddan Toshkentga konditsionerli 20ta avtobus keltirildi

12:54 29 Oktyabr 2018 Jamiyat
393 0

Samarqand avtomobil zavodi “SAZ LE60” rusumli 20 ta yangi avtobuslarni “Toshshahartransxizmat” AJga taqdim etdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“SAZ LE60” rusumli avtobus barcha zamonaviy qulayliklarga ega. Unda umumiy yoʻlovchilar sigʻimi 56 kishini tashkil etadi. Xususan, avtobusda 25 ta yumshoq oʻrindiqlar va konditsioner mavjud. Shuningdek, avtoulov imkoniyati cheklangan insonlar uchun avtobusga chiqish va joylashishni osonlashtiradigan “knilling” tizimi bilan jihozlangan.

Maʼlumot uchun, Toshkent shahriga yil yakuniga qadar yana 60 ta yangi “SAZ LE60” rusumli avtobuslar keltirilishi belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?