Samarqanddan Qozogʻistonga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

12:02 15 Aprel 2019 Jamiyat
120 0

Oʻzbekiston va Qozogʻistonni bogʻlovchi yangi xalqaro “Samarqand—Turkiston” avtobus qatnovi ishga tushirildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligining rasmiy saytida xabar berildi.

Reyslar har kuni soat 18:00 da “Oltin Oʻrda” avtovokzalidan “Samarqand” avtovokzaligacha qatnaydi. Avtobus Chimkent, Guliston va Jizzax shaharlarida toʻxtab oʻtadi.

“Marshrutni ochish Oʻzbekiston va Qozogʻistonga sayohatchilar oqimini oshishiga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?