Samarqanddagi yana bir tuman markazi yopildi

22:23 23 May 2020 Jamiyat
167 0

COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida bugun, 23-may kuni Payariq tumani markaziga kirish-chiqish va harakatlanish vaqtincha cheklandi.

Qayd etilishicha, epidemik vaziyat noxush boʻlgan Ilgʻor, Yangi hayot, Xoʻja Ismoil, Goʻzal va Kattasaydov, Alisher Navoiy, Farovon va Mustaqillik mahallalari orqali tuman markaziga kiruvchi yoʻllar, Chelak shahri markaziga Bunyodkor, Ahmad Yassaviy, Toshhovuz, Mirzo Ulugʻbek, Gʻoyib ota, Xoʻjaobod, Qumchuq mahallalari orqali olib kiruvchi barcha yoʻllar beton toʻsiq bilan toʻsilgan.

Karantinga olingan mahallalar hududidagi asosiy va ichki yoʻllarda kirish-chiqish kuchaytirilgan tartibda nazoratga olingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Juma shahriga boshqa hududlardan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning kirishi va harakatlanishi vaqtincha toʻxtatilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?