Samarqanddagi kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish hajmi 245,7 milliard soʻmga koʻpayadi

10:53 16 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
90 0

Samarqand viloyatida mahalliylashtirish dasturi doirasida joriy yilning oʻtgan 8 oyi davomida 93,4 milliard soʻmlik 34 turdagi mahsulot ishlab chiqarildi.

Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari J.Oʻroqovning qayd etishicha, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2020-yil yakuni bilan 16,6 trillion soʻm yoki oʻtgan yilga nisbatan 102,1 foiz oʻsishi kutilmoqda. Shundan, ishga tushgan 53 ta yangi loyiha hisobiga ishlab chiqarish hajmi 285,1 milliard soʻmga oshadi, quvvatlardan toʻliq foydalanilmayotgan 170 ta korxona hisobidan 612 milliard soʻm qoʻshiladi. Kichik sanoat zonalarida ishga tushgan 60 ta yangi loyiha hisobiga 245,7 milliard soʻmga koʻpayadi.

Shuningdek, (Kattaqoʻrgʻon shahri, Urgut, Toyloq, Jomboy, Payariq, Samarqand tumanlari) 73 gektar maydonda yangi tashkil etilgan 6 ta kichik sanoat zonasida 241 ta lotga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyiha takliflari joylashtirilishi boshlandi.

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 49 ta yangi ishga tushgan loyiha hisobidan 646,2 milliard soʻmlik qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish kutilmoqda.

Paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan ishga tushirilgan 3 ta yangi loyiha evaziga 948,5 milliard soʻmlik qoʻshimcha hajm yaratiladi.

Sanoati orqada qolayotgan Kattaqoʻrgʻon shahar, Qoʻshrabot, Nurobod, Payariq va Paxtachi tumanlarida umumiy qiymati 1,9 trillion soʻmlik 137 ta, shundan 2020-yilda umumiy qiymati 415,3 milliard soʻmlik 65 ta loyiha ishga tushiriladi. Ushbu loyihalar hisobiga yil yakuniga ishlab chiqarish hajmi 105,1 milliard soʻmga oshadi.

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar mahsulot sotish hajmini pasaytirgan 962 ta korxonaga koʻmak beriladi.

Investitsiya dasturiga asosan yil yakuniga qadar qiymati 148 million dollar boʻlgan 13 ta yirik investitsiya loyihasini ishga tushirish choralari koʻriladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?