Samarqanddagi chiqindixonalarda noqonuniy choʻchqalar boqilishi aniqlandi

12:10 24 Avgust 2018 Jamiyat
387 0
Foto: Screenshot / “Xalq so‘zi”

Samarqand shahrining Kimyogarlar shaharchasi yaqinida joylashgan chiqindixonalarda noqonuniy choʻchqalar boqilishi aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturiga asoslanib xabar berdi.

Unga koʻra, 92 gektar maydonni tashkil etgan chiqindixonalarda kechki payt minglab choʻchqalar qoʻyib yuborilar ekan.

Chiqindixonalar maʻsullari choʻchqaboqarlar bilan qanchalik kurashmasin, foydasiz ekanligini aytishdi. Atrof oʻralmaganligi bois istagan tomondan choʻchqalarni bu yerga olib kirish imkoni bor ekan. Ushbu achinarli sharoitda boqilayotgan choʻchqalar kasallik olib kelmasligiga va kishilar salomatligiga zarar yetkazmasligiga kim kafil boʻla oladi?!

Bu mulohazani tegishli idora va tashkilotlar oʻylab koʻrishsa foydadan holi boʻlmas edi, deb xulosa qiladi informatsion dustur ijodkorlari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?