Samarqanddagi “Bulvar” buziladimi? Hokim javob berdi

11:43 18 Iyun 2019 Jamiyat
510 0

Soʻnggi paytlarda Samarqand shahridagi markaziy koʻchalar, turar-joy binolari, xiyobonlar va shaharning koʻhna qiyofasiyu, mikroklimitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan noqonuniy qurilmalar, aholiga transport xizmati koʻrsatishdagi mavjud muammolar-u tirbandlik ijtimoiy tarmoqlarda ajiotaj boʻlayotgani barchaga maʼlum.

Birgina yaqin ikki kun ichida tarmoqlarda, Samarqand shahar markazidagi “Bulvar“ “buzilarmish“, “daraxtlar kesilarmish“ kabi gap-soʻzlar tarqaldi. Bu holat oʻz oʻrnida jamoatchilik ongiga salbiy taʼsir koʻrsatmay qolmadi.

Shu bois, bugun 18-iyun kuni Samarqand viloyat hokimligi kichik majlislar zalida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Viloyat hokimi bugungi Samarqand shahrining YUNESKO roʻyxatiga kiruvchi qadimiy va madaniy meroslari daxlsizligi mutlaq saqlanishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

“Bulvar“ga oid munosabatlarga oydinlik kiritilib, hech qanday buzilishlar boʻlmasligi, aksincha, hududda xorijiy mehmonlarga servis va madaniy ahamiyatga molik zamonaviy sharoitlar yaratilishi aytildi. Eng hayratlanarlisi, shahar ichida kelgusida bunyod etiladigan istiqbolli rejalar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Umid SORIYEV, “Xalq soʻzi“.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?