Samarqanddagi 9 qavatli uyda portlash sodir boʻldi

10:53 10 Iyun 2019 Jamiyat
299 0

Joriy yilning 8-iyundan 9-iyunga oʻtar kechasi, taxminan soat 00.45 larda Samarqand shahrida 9 qavatli uyning 1-chi qavatida portlash sodir boʻldi.

“Zarafshon“ gazetasi bergan xabarga koʻra, ushbu koʻp qavatli uy 24-sonli oʻrta maktabning yaqinida joylashgan boʻlib, mahalliy aholi tomonidan “Titanik“ deb ataladi.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, voqea sodir boʻlgan paytda xonadonda hech kim boʻlmagan. Hozirgi vaqtda uy egasi oilasi bilan chet elda yashaydi. Vaqti-vaqti bilan opasi kelib uydan xabar olib turgan.

Xabar berishlaricha, yongʻin xavfsizligi xodimlari tomonidan yongʻin tezda bartaraf etilgan. Jarohat olganlar yoʻq.

Ayni paytda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?