Samarqandda “Juma — tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilindi

15:53 18 Iyul 2018 Jamiyat
557 0
Facebook / Erkinjon Turdimov

13 iyul kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tganellik uchinchi sessiyasida viloyatda faoliyat ko‘rsatmayotgan sanoat korxonalari o‘tgan yilga nisbatan 65 taga ko‘payib, bugungi kunda 238 taga yetganligini, o‘tgan 6 oylikda eksport prognozi atigi 62 foizga ta’minlanganligini keskin tanqid qilingan edi.

Shuningdek, kichik biznesni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, qulay investitsiya muhitini yaratish masalalariga umuman e’tibor qaratilmaganligi, buning oqibatida bugungi kunda viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan 18 ming 856 ta kichik biznes subyektlarining 3 ming 458 tasi yoki 18 foizi faoliyat ko‘rsatmayotganligi, eng achinarlisi, ro‘yxatdan o‘tkazilgan 805 ta tadbirkorlik subyektlari bankdan umuman hisob raqam ochmaganligi takidlab o‘tilgan edi.

Viloyatdagi muxbirimiz Mamadiyor Ziyodinovning ma’lum qilishicha, mazkur muammolarni hal etish maqsadida viloyatda “Juma –tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilindi. Shunga ko‘ra, har juma viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E. Turdimov tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazadi, yechimini kutayotgan muammolar bo‘yicha o‘zaro chora-tadbirlar belgilanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?